«o‘zbekiston fuqarosi» tegli maqolalar


Istanbuldagi otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
7 sentabr 2023, 09:50

Istanbuldagi otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda voqea joyiga yaqin hududda ishlayotgan samarqandlik shaxs yaralanib, kasalxonada vafot etdi. Uning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yordam ko‘rsatildi.

Rossiya qamoqxonasidan urushga jo‘natilgan 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
26 may 2023, 20:11

Rossiya qamoqxonasidan urushga jo‘natilgan 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga “safarbar qilingan” 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Onasining aytishicha, u qo‘liga hech qachon qurol olmagan. “„Men xizmat qilmayman, odam o‘ldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlashdi“, — dedi”, — deya o‘g‘li bilan so‘nggi suhbatni yodga oldi u.

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi
10 mart 2023, 13:09

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi

Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro Ukrainada vafot etdi. Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.

Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘in tufayli halok bo‘ldi
4 may 2022, 10:57

Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘in tufayli halok bo‘ldi

Seshanba kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 o‘zbekistonlik va uy egasi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in tufayli vafot etdi. Yong‘inga sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab bo‘lgani aytildi.

TIV Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini rad etdi
18 yanvar 2022, 14:03

TIV Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini rad etdi

TIV rasmiy vakili «Jibek joli» o‘tish punktida Qozog‘istondagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekanligini rad etdi.

O‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 12 yoshli qizchani zo‘rlashda gumonlanmoqda
19 iyul 2021, 15:24

O‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 12 yoshli qizchani zo‘rlashda gumonlanmoqda

46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda 2009 yilda tug‘ilgan qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga oid masala muhokama qilinmoqda.

Senat fuqarolik olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
31 may 2021, 14:16

Senat fuqarolik olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. 2005 yilgacha O‘zbekistonga kelgan fuqaroligi bo‘lmaganlar va kamida 15 yil mamlakat hududida yashagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin.

Turkiyada 31 yoshli o‘zbekistonlik tilanchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi
14 dekabr 2020, 10:18

Turkiyada 31 yoshli o‘zbekistonlik tilanchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Turkiyaning Istanbul shahrida kurer bo‘lib ishlagan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tilanchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Mojaroga o‘zbekistonlikning ishlash kerakligi haqidagi tanbehi sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda qullikda bo‘lganligini rad etdi
18 noyabr 2020, 17:37

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda qullikda bo‘lganligini rad etdi

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra bir yil davomida mehnat qulligida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ish beruvchiga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini, ish sharoitlari va ish haqidan qoniqqanini aytdi. U O‘zbekistonga qaytish niyatida emas. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yopilgan.

O‘zbekistonlik erkak bir yil davomida Qozog‘istonda qul qilib ishlatildi
17 noyabr 2020, 10:56

O‘zbekistonlik erkak bir yil davomida Qozog‘istonda qul qilib ishlatildi

Qozog‘istonda 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bir yil davomida mehnat qulligida o‘tkazdi. Hujjatlari olib qo‘yilgan va unga jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilingan.

Ukrainada O‘zbekiston fuqarosi bankni portlatib yuborish bilan tahdid qilgani aytilmoqda
3 avgust 2020, 17:20

Ukrainada O‘zbekiston fuqarosi bankni portlatib yuborish bilan tahdid qilgani aytilmoqda

Ukraina poytaxtidagi «Leonardo» biznes markazida joylashgan bankda xodimni garovga olgan va bankni oyog‘iga boylangan bomba yordamida portlatib yuborish bilan tahdid qilayotgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmatining tezkor guruhi tahdidchini qo‘lga olganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting